- Bosh sahifa
- /
- Maxfiyalik siyosati
Maxfiylik siyosati
KORNET.UZ INTERNET-RESURSI TASHRIF BUYURUVCHILARI VA FOYDALANUVCHILARIGA DOIR AXBOROTNI QAYTA ISHLASH VA HIMOYA QILISH SIYOSATI
Mazkur Siyosat KORNET.UZ internet-resursining egasi va administratori - «FIND WORK NEW SERVICE» MChJning rasmiy hujjati hisoblanadi.
KORNET.UZ internet-resursi https://kornet.uz/ internet sayti hamda iOS i Android qurilmalari uchun Kornet.uz mobil ilovasidan iborat.
«FIND WORK NEW SERVICE» MChJ (bundan keyin - Kompaniya deb yuritiladi) -
STIR: 309896500, yuridik manzili: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi, 11/21-uy, 4-xonadon. Internet-resurs internet tarmog‘ida https://www.kornet.uz/legal/ doimiy manzilida ommaviy foydalanish uchun ochiq holatda joylashgan.
KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyurish yoki undan foydalanish orqali siz amaldagi Siyosatdan xabardorligingizni tasdiqlaysiz. Aks holda, siz darhol foydalanishni to‘xtatishingiz va Internet-resursni tark etishingiz kerak.
Kompaniya vaqti-vaqti bilan Siyosatni o‘zgartirishga haqli, o‘zgartirish va yangilanishlar to‘g‘risida tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilarni xabardor qilish Siyosatning yangi versiyasini KORNET.UZ internet-resursiga joylashtirish orqali ta’minlanadi.
KORNET.UZ internet-resursiga har safar tashrif buyurganingizda yoki undan foydalanganingizda, siz Siyosatdagi o‘zgarishlarni tekshirishingiz mumkin. Qulaylik uchun hujjat oxirida joriy tahrirning sanasi ko‘rsatilgan.
1. Umumiy masalalar
1.1. Siyosat O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 547-sonli Qonuni (keyingi o‘rinlarda O‘RQ-547-sonli Qonun) va axborotni, shu jumladan jismoniy shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Siyosat Kompaniyaning ichki me’yoriy hujjati hisoblanib, KORNET.UZ Internet-resursiga tashrif buyuruvchi va undan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning qonuniy asoslari quyidagilardir:
-O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 11.12.2003 yildagi 560-II-son “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni; Oʻzbekiston Respublikasining 11.09.2014 yildagi OʻRQ-374-son “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni; O‘zbekistonRespublikasining29.09.2022 yildagi O‘RQ-792 sonli «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonuni; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2018 yildagi 707-son “Butunjahon Internet axborot tarmogʻida axborot xavfsizligini takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2020 yildagi 71-son “Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022 yildagi 570-son “Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining «Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i (Ro‘yxatga olish raqami №3478, 15.11.2023 yil);
-Kompaniya ustavi va ichki me’yoriy hujjatlari;
-KORNET.UZ Internet-resursidan foydalanish to‘g‘risidagi Kelishuv;
-Shaxsga dior ma’lumotlarni qayta ishlashga jismoniy shaxslarning roziligi (O‘RQ-547-sonli qonunga muvofiq bunday rozilik olish talab etilganda).
1.2. Siyosatning maqsadi shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish va oshkor etilishini oldini olish hamda Kompaniya tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etishdan iborat.
1.3. Siyosat Kompaniyaning barcha xodimlari uchun majburiydir.
1.4. Siyosat kuchga kirgunga qadar va undan keyin olingan shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan tadbiq qilinadi.
1.5. Siyosat shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bo‘yicha yangi yoki amaldagi qonun hujjatlariga va me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Siyosatning yangi versiyasi agar Siyosatning yangi versiyasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
1.6. Siyosat faqat KORNET.UZ. internet resursiga taalluqlidir. Kompaniya Internet-resursda mavjud havolalar orqali kirish mumkin bo‘lgan boshqa Internet-saytlar, mobil ilovalar, qidiruv tizimlari va Internet-joylashuvlarni nazorat qilmaydi va uchinchi shaxslarning harakatlari uchun javobgar emas.
1.7. KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar yoki foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va keyinchalik qayta ishlashning alohida holatlari bo‘yicha Kompaniya ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bo‘yicha boshqa yoki qo‘shimcha qoidalarni e’lon qilishi mumkin. Ushbu qoidalarning o‘zida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular alohida holatlarda Siyosatga nisbatan ustuvor maqomga ega bo‘ladi, lekin Siyosatni bekor qilmaydi.
1.8. Kompaniya oqilona va vijdonan ish tutib, KORNET.UZ internet-resursini taqdim etadi hamda Internet-resursning har bir tashrif buyuruvchisi yoki foydalanuvchisi ham vijdonan harakat qiladi va:
-zarur darajadagi huquq layoqatiga hamda KORNET.UZ internet-resursiga kirish yoki undan foydalanish uchun barcha zarur huquq, vakolatlarga ega;
-internet-resursidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan o‘zi haqidagi ishonchli va yetarli ma’lumotlarni taqdim etadi yoki Kompaniyaning alohida funksiyalari yoki xizmatlaridan foydalanganda esa o‘zi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ixtiyori bilan ko‘rsatadi;
-u joylashtirgan ma’lumotlar KORNET.UZ internet-resursining boshqa tashrif buyuruvchilari yoki foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘lishi va bunday tashrif buyuruvchilar yoki foydalanuvchilar tomonidan ko‘chirilishi va tarqatilishi mumkinligini tushunadi. Axborotni tashrif buyuruvchilardan, foydalanuvchilaridan yashirish uchun KORNET.UZ Internet-resursning tegishli funksiyasi mavjud;
-u tomonidan boshqa tashrif buyuruvchilar yoki KORNET.UZ internet-resursi foydalanuvchilariga uzatilgan ma’lumotlarning ayrim turlari keyinchalik o‘zi tomonidan o‘chirilmasligini tushunadi;
1.9. Kompaniya KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar yoki foydalanuvchilari to‘g‘risida to‘plangan (qabul qilingan) ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirmaydi, bunday tekshirish muayyan foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish maqsadida amalga oshirilgan hollar bundan mustasno, Kompaniya to‘liqligicha har bir tashrifchi yoki internet-resurs foydalanuvchisi Siyosatning 1.8. bandiga muvofiq bergan ma’lumotlarga tayanadi.
1.10. Siyosat quyidagi tushunchalardan foydalanadi:
Shaxsga doir ma’lumotlar - to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita identifikatsiya qilingan yoki aniqlanishi mumkin bo‘lgan shaxsga (shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti) tegishli har qanday ma’lumotlar. Shaxsga doir ma’lumotlar foydalanish cheklangan axborot hisoblanadi
Axborotlar - Axborot ma’lumotlari (xabarlar, ma’lumotlar), ularni taqdim etish shaklidan qat’i nazar, shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi
Shaxsga doir ma’lumotlarning sub’ekti - to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aniqlangan yoki identifikatsiya qilinadigan shaxsdir
Shaxsga doir ma’lumotlar operatori / Operator - mustaqil ravishda yoki boshqa shaxslar bilan birgalikda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil etuvchi yoki amalga oshiruvchi, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlarini, qayta ishlanadigan shaxsga doir ma’lumotlar tarkibini, shaxsga doir ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlarni (operatsiyalarni) belgilaydigan shaxs, ushbu hujjatda – Kompaniya;
Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash - shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), egasizlantirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish, shu jumladan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui;
Shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish - nomuayyan miqdordagi shaxslarga oshkor qilishga qaratilgan harakatlar
Shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim qilish - shaxsga doir ma’lumotlarni ma’lum bir shaxsga yoki ma’lum bir shaxslar doirasiga oshkor qilishga qaratilgan harakatlar;
Shaxsga doir ma’lumotlarni bloklash - shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashni vaqtincha to‘xtatish (shaxsga doir ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun qayta ishlash zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno);
Shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish - shaxsga doir ma’lumotlar tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlar tarkibini tiklashning imkoni bo‘lmagan va (yoki) shaxsga doir ma’lumotlarning moddiy tashuvchisi yo‘q qilingan harakat;
Shaxsga doir ma’lumotlarni egasizlantirish - amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir ma’lumotlarning muayyan sub’ektga tegishliligini aniqlash imkoni bo‘lmay qoladigan harakatlar;
Shaxsga doir ma’lumotlar axborot tizimi - shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan va ularni qayta ishlashni ta’minlaydigan axborot texnologiyalari va texnik vositalar to‘plami
Boshqa atamalar KORNET.UZ internet-resursidan foydalanish to‘g‘risidagi Kelishuvga, shuningdek, 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547 sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq sharhlanadi.
2. Axborotni qayta ishlash tamoyillari, maqsadi va shartlari
2.1. Ma’lumotlar Kompaniya tomonidan quyidagi tamoyillar asosida qayta ishlanadi:
- shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash qonuniy va adolatli asosda amalga oshirilishi kerak;
- shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash aniq, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklanishi kerak. Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash maqsadlariga mos kelmaydigan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi;
- qayta ishlash bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlarda amalga oshiriladigan shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalarini birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- faqat ularni qayta ishlash maqsadlariga javob beradigan shaxsga doir ma’lumotlar qayta ishlanishi kerak;
- qayta ishlangan shaxsga doir ma’lumotlarning mazmuni va hajmi belgilangan qayta ishlash maqsadlariga mos kelishi kerak. Qayta ishlangan shaxsga doir ma’lumotlar ushbu Siyosatning 2.2-bandda belgilangan qayta ishlashning belgilangan maqsadlariga nisbatan ortiqcha bo‘lmasligi kerak;
- shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashda shaxsga doir ma’lumotlarning to‘g‘riligi, ularning yetarliligi va ayrim hollarda esa shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga muvofiqligi ta’minlanishi kerak. Kompaniya noto‘liq yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni olib tashlash yoki aniqlashtirish uchun zarur choralar ko‘rilishini ta’minlashi kerak;
- shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektini aniqlashga imkon beradigan shaklda, Siyosatning 2.2-bandida ko‘rsatilgan qayta ishlash maqsadlarida talab qilinganidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi kerak. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash muddatini ularni qayta ishlash maqsadlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash muddati qonun hujjatlarida yoki shaxsga doir ma’lumotlarning sub’ekti taraf, benefitsiar yoki kafil bo‘lgan shartnomalarda belgilangan bo‘lishi mumkin;
- qayta ishlangan Shaxsga doir ma’lumotlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qayta ishlash maqsadlariga erishilgandan so‘ng yoki ushbu maqsadlarga erishish zarurati yo‘qolgan taqdirda yo‘q qilinishi yoki egasizlantirilishi kerak.
2.2. KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar yoki foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash Kompaniya tomonidan u yoki bu tarzda faqat KORNET.UZ internet-resursining funksional imkoniyatlaridan foydalanishni ta’minlash va internet-resursdan foydalanish bo‘yicha foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni bajarish uchun, xususan, quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- Internet-resursning bir maromda ishlashini va xavfsizligini ta’minlash, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va kontentni foydalanuvchiga moslashtirish. 5-bo‘limga qarang (cookie-fayllar bilan ishlash);
- tashrif buyuruvchining tashabbusi bilan KORNET.UZ internet resursidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish (Akkaunt, hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish);
- muayyan shaxsni KORNET.UZ internet-resursidan foydalanish bo‘yicha tegishli shartnomaning tarafi sifatida aniqlash va unga internet-resursning funksional imkoniyatlari va Kompaniya xizmatlarini taqdim etish (Akkauntga xizmat ko‘rsatish, xizmatlarni sotish);
- Internet-resursga tashrif buyuruvchilar/foydalanuvchilar murojaatlari va so‘rovlarini qayta ishlash;
- Internet-resurs va Kompaniya xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha axborot byulletenlari, bildirishnomalar, xabarlar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yuborish;
- Kompaniyaning Internet-resurslari va xizmatlari sifatini oshirish va funksionalligini kengaytirish bo‘yicha statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish;
- agar foydalanuvchining roziligi olinsa, Internet-resursdan foydalanish bilan bog‘liq holda reklama xabarlarini yuborish va reklama materiallarini yo‘naltirish.
2.3. Kompaniya tuzilgan Kelishuvni bajarish uchun shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti, foydalanuvchi tashabbusi bilan Internet-resursdan foydalanish bo‘yicha tegishli shartnoma tuzish uchun Internet-resursga tashrif buyuruvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlaydi.
Agar O‘RQ-547 qonuniga muvofiq, qayta ishlashning ayrim holatlari uchun shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining alohida roziligi talab etilsa, Kompaniya foydalanuvchidan qayta ishlash uchun rozilikni so‘raydi.
2.4. KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar Kompaniya tomonidan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda va bunday vositalardan foydalanmasdan qayta ishlanadi. Bunday holda, shaxsga doir ma’lumotlar qog‘ozda ham, elektron tashuvchilarda ham taqdim etilishi mumkin. Operator "Shaxga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonun va unga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan shaxsga doir ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan qayta ishlash bo‘yicha barcha talablarni bajaradi.
2.5. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va boshqacha tarzda qayta ishlash uchun Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlar ma’lumotlar bazalaridan foydalanadi.
2.6. Kompaniya qayta ishlangan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi va agar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki sub’ektning tashabbusi bilan internet-resursda joylashtirish uchun muayyan ma’lumotlar taqdim etilmagan bo‘lsa, shaxsga doir ma’lumotlar subektining roziligisiz uni uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi.
3. Qayta ishlangan axborotlarning to‘plami, toifalari va tarkibi
3.1. Kompaniya KORNET.UZ internet resursiga tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilarga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarning maxsus toifalarini to‘plamaydi va qayta ishlamaydi.
3.2. Kompaniya Shaxsga doir ma’lumotlarni - tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l bilan, texnik ma’lumotlarni esa - tashrif buyuruvchi (foydalanuvchi) tomonidan Internet-resursga kirish uchun foydalaniladigan texnik qurilmalar orqali oladi.
KORNET.UZ internet-resursi funksiyalaridan foydalanish va Kompaniya xizmatlariga ega bo‘lish uchun (tashrifchilar uchun ochiq sahifalarni ko‘rish bundan mustasno) ro‘yxatdan o‘tish, alohida hollarda esa verifikatsiya (shaxsni tasdiqlash) talab etiladi.
3.3. Yakka tartibdagi foydalanuvchini KORNET.UZ loyihasiga qo‘shilishi va Kompaniya loyihasi doirasida xizmatlar ko‘rsatilishi uchun foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari Siyosatning 3.6. bandida ko‘rsatilgan miqdorda, ham to‘liq, ham qisman Kompaniyaga uchinchi shaxs (Buyurtmachi) tomonidan taqdim etilishi mumkin.
3.4. Internet-resursning ishlashi va xavfsizligini ta’minlash, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va kontentni shaxsga moslashtirish uchun Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni to‘playdi va qayta ishlaydi:
-Internet saytiga kirishda http-server tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadigan ma’lumotlar va tashrif buyuruvchining (foydalanuvchining) keyingi harakatlari: xost IP-manzili, operatsion tizim turi, tashrif buyurilgan sahifalar, tashriflar tarixi;
-cookies ma’lumotlari. 5-bo‘limga qarang;
-geolokatsiya ma’lumotlari (agar geolokatsiya tashrif buyuruvchi (foydalanuvchi) tomonidan yoqilgan bo‘lsa): KORNET.UZ mobil ilovasi o‘rnatilgan mobil qurilmaning joylashgan joyini aniqlovchi koordinatalar.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usuli: avtomatlashtirilgan.
3.5. Tashrif buyuruvchining tashabbusi bilan KORNET.UZ internet-resursidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish (Akkaunt hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish) maqsadida Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni to‘playdi va qayta ishlaydi:
- familiyasi, ismi;
- elektron pochta manzili, telefon raqami;
- joylashuv (shahar, viloyat, mintaqa).
Tashrifchining tashabbusi bilan boshqa xizmatlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, ilovalar do‘konlarida ("tezkor ro‘yxatdan o‘tish") tashrifchining akkauntlaridan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda, Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni to‘playdi va qayta ishlaydi:
-Apple ID orqali: familiyasi, ismi; elektron-pochta manzili;
-Google akkaunt orqali: familiyasi, ismi; elektron-pochta manzili; joylashuv (shahar).
3.6. Shaxsni KORNET.UZ internet-resursidan foydalanish bo‘yicha kelishuv tarafi sifatida aniqlash va unga Internet-resursning funksionalligi va Kompaniya xizmatlarini (hisob yuritish, xizmatlarni sotish) taqdim etish maqsadida Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi:
-Hisob qaydnomasini (akkauntni) ro‘yxatdan o‘tkazish paytida tayinlangan foydalanuvchi identifikatori (ID);
-foydalanuvchi tomonidan kompaniya xizmatlari uchun to‘lov faktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Shu bilan birga, Kompaniya foydalanuvchilarning bank ma’lumotlarini yig‘maydi, qayta ishlamaydi yoki saqlamaydi. Tafsilotlar foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazadigan tashkilotlarga taqdim tiladi.
Foydalanuvchining tashabbusi bilan uning profilida (yoki agar foydalanuvchi haqidagi ma’lumot boshqa foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa – baholovchi sharhlar) boshqa foydalanuvchilar, tashrif buyuruvchilar xabardor bo‘lishi uchun ma’lumotlarni (xabarlarni) aks ettirish maqsadida:
-Akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida tayinlangan foydalanuvchi identifikatori (ID);
-familiyasi, ismi, elektron pochta manzili, joylashgan joyi (yashash joyi) - ilgari taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilganda;
-tug‘ilgan sanasi;
-telefon raqami;
-foydalanuvchi tomonidan yaratilgan va Internet-resursda joylashtirilgan ma’lumotlar: xabarlar, fotosuratlar, audio (video) yozuvlar, sharhlar va boshqalar;
-Saytdagi boshqa foydalanuvchilarning harakatlari (sharhlar) natijasida foydalanuvchi haqida olingan ma’lumotlar.
Foydalanuvchi tashabbusi bilan foydalanuvchiga “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomini berish uchun:
-akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida tayinlangan foydalanuvchi identifikatori (Foydalanuvchi ID raqami);
-familiyasi, ismi, elektron pochta manzili, joylashgan joyi (yashash joyi) - ilgari taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilganda;
-tug‘ilgan sanasi;
-telefon raqami;
-fotosurat (foydalanuvchi tashabbusi bilan boshqa foydalanuvchilar, KORNET.UZ internet resursiga tashrif buyuruvchilar ma’lumoti uchun taqdim etiladi);
-Mehnat staji, ish tajribasi;
-erkin shaklda biografik ma’lumotlar (foydalanuvchi tashabbusi bilan boshqa foydalanuvchilar, KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar uchun taqdim etiladi).
Foydalanuvchi tashabbusi bilan foydalanuvchiga “Shaxsiy ma’lumotlarni tasdiqlash” xizmatini taqdim etish uchun:
-akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida tayinlangan foydalanuvchi identifikatori (Foydalanuvchi ID raqami);
-pasport ma’lumotlari (O‘zbekiston Respublikasi pasportining birinchi sahifasi fotosurati);
-foydalanuvchi fotosurati.
3.7. Internet-resurs foydalanuvchisining murojaatlari va so‘rovlarini qayta ishlash maqsadida Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi (xizmatdan foydalanuvchining tashabbusi bilan taqdim etilgan):
-akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida tayinlangan foydalanuvchi identifikatori (Foydalanuvchi ID raqami);
-so‘rovda, murojaatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
Kompaniya vakillari va KORNET.UZ internet resursi foydalanuvchisi o‘rtasida real vaqt rejimida muloqot qilish uchun mo‘ljallangan veb-chat – «Jivo» dasturidan foydalanish maqsadida, shuningdek:
-familiyasi, ismi (otasining ismi);
-elektronn pochta manzili;
-telefon raqami;
-veb-chat o‘rnatilgan Internet-resursning sahifalari to‘g‘risida ma’lumotlar.
3.8. Axborot byulletenlari, bildirishnomalar, xabarlar, so‘rovlar va Kompaniyaning Internet-resurslari va xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni yuborish uchun Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi:
-akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida tayinlangan foydalanuvchi identifikatori (Foydalanuvchi ID raqami);
-ismi;
-elektron pochta manzili.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usuli: avtomatlashtirilgan.
3.9. Kompaniyaning Internet-resurslari va xizmatlari sifatini yaxshilash va funksionalligini kengaytirish bo‘yicha statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish maqsadida Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi:
-tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilar tomonidan Internet-resursga tashrif buyurish tarixi, Internet-resursning funksional imkoniyatlaridan foydalanish va foydalanuvchilar tomonidan Kompaniya xizmatlariga buyurtmalar;
-mazkur Siyosatga muvofiq Kompaniyada mavjud bo‘lgan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hajmi va tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilar ma’lumotlari.
Bunday holda, ushbu bandda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ma’lumotlar egasizlantiriladi.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usuli: avtomatlashtirilgan.
3.10. Internet-resursdan foydalanish bilan bog‘liq holda reklama xabarlarini yuborish va reklama materiallarini yo‘naltirish maqsadida (foydalanuvchining roziligini olgan taqdirda) Kompaniya quyidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi:
-akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida tayinlangan foydalanuvchi identifikatori (Foydalanuvchi ID raqami);
-ismi;
-elektron pochta manzili;
-tashriflar tarixi, Internet-resursning funktsional imkoniyatlaridan foydalanish va kompaniya xizmatlariga buyurtmalar.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usuli: avtomatlashtirilgan.
4. Shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish
4.1. KORNET.UZ internet-resursi foydalanuvchilarining shaxsga doir ma’lumotlari Kompaniya tomonidan uchinchi shaxslarga berilmaydi. Quyidagi holatlar bundan mustasno Kompaniya Siyosatning 4.2-bandida belgilangan tartibda KORNET.UZ internet-resursidan foydalanish bo‘yicha shartnomalarni bajarish maqsadida, shuningdek vakolatli davlat organlarining (huquqni muhofaza qilish, sud, prokuratura va h.k.) talabiga binoan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi mumkin.
Cookie-fayllardan foydalanish haqida ma’lumot olish uchun 5-bo‘limga qarang.
4.2. KORNET.UZ loyihasiga ijrochi sifatida qo‘shilgan yakka tartibdagi foydalanuvchiga xizmatlar ko‘rsatish uchun Kompaniya foydalanuvchi-buyurtmachiga quyidagi ma’lumotlarni uzatadi:
-familiyasi, ismi, otasining ismi;
-KORNET.UZ tizmida ro‘yxatdan o‘tgan sana;
-tug‘ilgan sanasi;
-tug‘ilgan joyi, joylashgan joyi, shahar, viloyat, mintaqaning nomi;
-pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, ro‘yxatdan o‘tgan manzili) loyiha doirasida foydalanuvchilar o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida.
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usuli: avtomatlashtirilgan.
4.3. Operator sub’ektning shaxsga doir ma’lumotlarini uning roziligisiz quyidagi shaxslarga topshirishga haqli:
-davlat organlari, shu jumladan surishtiruv va tergov organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ularning asoslantirilgan so‘roviga binoan;
-qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan boshqa hollarda.
5. Cookie-fayllardan foydalanish
5.1. Cookie – bu tashrifni keyingi identifikatsiyalash uchun Internet saytiga tashrif buyurgan (foydalanuvchi) qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlarga (ma’lumotlarning bir qismiga) ega kichik fayl. Faylda Internet-sayt nomi, qurilmadagi saqlash muddati va "qiymat" (odatda tasodifiy raqamlarni yaratish orqali olingan noyob raqam) mavjud.
Cookie fayllar tashrif buyuruvchining (foydalanuvchining) Internet-sayt bilan o‘zaro munosabatlari tabiati haqida ma’lumot to‘plash uchun ishlatiladi.
5.2. Cookies fayllari doimiy yoki vaqtincha bo‘lishi mumkin ("sessiya").
Biz saytimizda har xil turdagi Cookie -fayllardan foydalanamiz. Bu cookie-fayllar turli maqsadlarda xizmat qiladi.
"Majburiy talab etiladigan cookie-fayllar", ya’ni bizning xizmatimiz funksiyalaridan foydalanish uchun qat’iy zarur bo‘lgan cookie -fayllar;
«Funksional cookie fayllar», ya’ni bizning xizmatimiz atrofida harakatlanish va uning xususiyatlaridan foydalanish, tanlovlaringiz haqidagi ma’lumotlarni yozib olish va Saytni ehtiyojlaringizga qarab sozlash imkonini beruvchi cookie-fayllar. Ushbu cookie-fayllarsiz biz siz kiritgan ma’lumotlarni eslab qolish va siz tanlagan tilni saqlash kabi ba’zi xususiyatlarni taqdim eta olmasligimiz mumkin;
"Analitik cookie-fayllar", ya’ni foydalanuvchi harakatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun foydalaniladigan analitik/statistik cookie-fayllar. Analitik cookie-fayllar yordamida biz Saytimizni optimallashtirish va Sayt tarkibini mijozlar harakatlariga muvofiq moslashtirishimiz mumkin.
5.3. Foydalanuvchi Internet-resursga ulangan qurilmada o‘z brauzerida cookie-yig‘ish opsiyasini o‘chirib qo‘yishi mumkin.
5.4. Ba’zi cookie-fayllarni o‘chirib qo‘yish Internet-resursning ma’lum funksiyalaridan, masalan, avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga kirishni imkonsiz qilishi mumkin. Texnik cookie-fayllardan foydalanmasdan veb-sayt to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
5.5. Internet saytiga birinchi marta tashrif buyurganingizda, sizdan qalqib chiquvchi oynada (yoki boshqa texnik yechim orqali) qurilmangizda saqlanadigan cookie-fayllar turlarini tanlash so‘ralishi mumkin.
Texnik cookie-fayllar sahifa yuklanganda avtomatik ravishda o‘rnatiladi, agar brauzeringiz sozlamalarida ushbu parametr o‘chirilmagan bo‘lsa.
5.6. Saqlangan cookie-fayllari istalgan vaqtda brauzer tizimi sozlamalarida o‘chirilishi mumkin.
5.7. Internet-resursga ulanadigan qurilmaga joylashtirilgan cookie-fayllar yordamida to‘plangan ma’lumotlar Internet tarmog‘ida hamma uchun ochiq bo‘lgan KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilarning ma’lumotlarini qayta ishlash va himoya qilish siyosatiga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi.
Cookie-fayllar tomonidan to‘plangan ma’lumotlar sizni aniqlay olmaydi, lekin xizmatimizni yaxshilashga yordam berishi mumkin.
Brauzeringizdagi tegishli sozlamalarni tanlab, cookiye-fayllardan foydalanishni rad etishingiz mumkin.
Qayta ishlangan cookie-fayllar yuqoridagi qayta ishlash maqsadlariga erishilgandan so‘ng yoki ushbu maqsadlarga erishish zaruriyati qolmasa, yo‘q qilinadi yoki anonimlashtiriladi.
6. Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining huquqlari, murojaatlari, shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni o‘zgartirish, yo‘q qilish (o‘chirish) tartibi
6.1. Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining huquqlari:
-O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shaklda va muddatlarda o‘ziga tegishli ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
-shaxsga doir ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan, eskirgan, ishonchli bo‘lmagan, noqonuniy yo‘l bilan olingan, qayta ishlash maqsadlariga zarur bo‘lmagan yoki sub’ektlarning roziligida ko‘zda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilgan bo‘lsa – shaxsga doir ma’lumotlarni aniqlashtirishni, ularni bloklashni yoki yo‘q qilishni talab qilish;
-shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni to‘xtatishni talab qilish;
-o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish;
-shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini qaytarib olish, agar bunday rozilik qonun tomonidan talab qilingan bo‘lsa.
6.2. Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti o‘z so‘rov va murojaatlarini Kompaniyaga yozma ravishda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Farobiy ko‘chasi, 11/21-uy, 4-xonadon manzilida joylashgan «FIND WORK NEW SERVICE» MChJga yoki info@kornet.uz elektron manziliga yuboradi.
6.3. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektiga uning shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga oid ma’lumotlarni taqdim etadi, jumladan:
-shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash faktini tasdiqlash;
-shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning qonuniy asoslari va maqsadlari;
-shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning maqsadlari va usullari;
-Kompaniyaning nomi va joylashgan joyi, shaxsga doir ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan yoki shaxsga doir ma’lumotlar Kompaniya bilan tuzilgan shartnoma yoki qonun asosida oshkor etilishi mumkin bo‘lgan shaxslar (kompaniya xodimlaridan tashqari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-shaxsga doir ma’lumotlarning tegishli sub’ektga tegishli qayta ishlangan shaxsga doir ma’lumotlar, ularni olish manbasi, agar qonun hujjatlarida bunday ma’lumotlarni taqdim etishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa;
-shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari;
-shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining O‘RQ-547 sonli qonunida nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirish tartibi;
-kompaniya nomidan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlovchi xodimning ismi, familiyasi, otasining ismi, yuridik shaxsning nomlanishi va manzili, agar qayta ishlash bunday shaxsga yuklangan yoki topshirilgan bo‘lsa;
-operator tomonidan O‘RQ-547 son Qonunning 31-moddasida belgilangan majburiyatlarni qanday bajarishi to‘g‘risida ma’lumot;
-O‘RQ-547 Qonunida yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar.
6.4. Kompaniyaning majburiyatlari:
-so‘rov bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektiga (vakilga) so‘rov olingan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida sub’ektga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan bepul tanishish imkoniyatini taqdim etishi. Agar shaxsiy ma’lumotlar sub’ektiga muddatni uzaytirish sabablari ko‘rsatilgan asoslantirilgan xabarnoma yuborilsa, muddat uzaytirilishi mumkin, lekin 5 (besh) ish kunidan oshmasligi kerak;
-shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti (vakili) tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liq emas, noto‘g‘ri yoki ahamiyatsiz ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etilgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida o‘zgartirishlar kiritish, noto‘g‘ri ma’lumotlarni shu kunning o‘zida darhol bloklash (agar bloklash sub’ektning yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa);
-shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti (vakili) shaxsga doir ma’lumotlarning noqonuniy olinganligini yoki qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo‘lmaganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etgan shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim etilgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida yo‘q qilish (o‘chirish) va darhol bloklash;
-Siyosatning 7.3-bandi shartlariga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish (o‘chirish);
-shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektini (vakilni) murojaat va so‘rovlar natijasida kiritilgan o‘zgarishlar, ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabardor qilish va ushbu sub’ektning shaxsga doir ma’lumotlari uzatilgan uchinchi shaxslarni xabardor qilish uchun oqilona choralar ko‘rish (agar bunday uzatish amalga oshirilgan bo‘lsa);
-agar Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti o‘z ma’lumotlarini qayta ishlashga bergan roziligidan voz kechsa, Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashni to‘xtatish yoki bunday qayta ishlashni tugatishni ta’minlash (agar shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash operator nomidan harakat qiladigan boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa) va Shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish yoki ularni olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yo‘q qilishni ta’minlash, ushbu sub’ekt va Operator o‘rtasidagi boshqa shartnomani bekor qilish.
7. Axborotni qayta ishlash muddati
7.1. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishilganligi, rozilik muddati tugashi yoki shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini qaytarib olishi, agar qayta ishlash rozilik asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashni tugatish sharti hisoblanadi.
7.2. KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar Kompaniya tomonidan muayyan foydalanuvchining internet-resursidan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan shartnomasi amal qilish muddati davomida avtomatlashtirilgan tartibda qayta ishlanadi.
7.3. Foydalanuvchilar, shuningdek, KORNET.UZ resursidan foydalanish bo‘yicha shartnoma shartlarini buzganliklari sababli avval KORNET.UZ internet-resursiga kirish taqiqlangan jismoniy shaxslar Internet-resursdagi o‘z hisob (akkaunt) ma’lumotlarini o‘chirish huquqiga ega.
Hisob qaydnomasini (akkauntni) o‘chirish, shuningdek KORNET.UZ internet-resursida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni o‘chirish foydalanuvchining tashabbusi bilan Kompaniya va foydalanuvchi o‘rtasida KORNET.UZ internet-resursidan foydalanish bo‘yicha tuzilgan barcha shartnomalarni avtomatik ravishda bekor qilishga olib keladi.
Agar akkaunt o‘chirilgan bo‘lsa, foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari Internet-resursning boshqa tashrif buyuruvchilari va foydalanuvchilari uchun, shuningdek qidiruv tizimlari qidiruv so‘rovlari natijalarini chiqarganda mavjud bo‘lishni to‘xtatadi.
Shaxsga doir ma’lumotlar qayta ishlash maqsadlariga erishilganda yoki ushbu maqsadlarga erishish zarurati yo‘qolgan taqdirda, qonun va shartnomada nazarda tutilgan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashni davom ettirish uchun asoslar yo‘qolgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida yo‘q qilinishi (Kompaniya ma’lumotlar bazasidan o‘chirilishi) lozim.
8. Axborotni himoyalash choralari
8.1. Kompaniya KORNET.UZ internet-resursiga tashrif buyuruvchilar va foydalanuvchilarning ma’lumotlarini ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek, boshqa qonunga xilof harakatlardan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi. Xavfsizlik choralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022 yildagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida ularni himoya qilish darajasini belgilash to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.
8.2. Kompaniya xodimlari Siyosatga rioya etilishini ta’minlash uchun javobgardirlar.
8.3. Axborot qayta ishlash maqsadlari talab qilganidan ortiq bo‘lmagan muddat davomida, ma’lumot sub’ektini aniqlashga imkon beradigan shaklda saqlanadi. Axborotni saqlashda Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ma’lumotlar bazalaridan foydalanadi.
8.4. Axborotning noaniqligi yoki unga ishlov berishning qonunga xilofligi aniqlanganligi tasdiqlansa, axborot yangilanishi, qonunga xilof ravishda qayta ishlash esa tugatilishi kerak.
8.5. Shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun quyidagi tashkiliy va texnik choralar qo‘llaniladi:
-axborotni qayta ishlash va himoya qilishni tashkil etish uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tayinlash;
-axborotni qayta ishlashning qonun talablariga va unga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, Kompaniyaning ichki me’yoriy-hujjatlariga muvofiqligi ustidan ichki nazoratni tashkil etish;
-axborotni qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxslar sonini cheklash;
-axborotni saqlovchi (tashuvchi) qurilmalarni hisobga olish, saqlash va muomalasini tashkil etish;
-axborot xavfsizligiga uni qayta ishlash jarayonida tahdidlarni aniqlash, tahdid modellarini shakllantirish, axborot xavfsizligi tizimini ishlab chiqish;
-axborot xavfsizligi vositalarining foydalanishga tayyorligi va samaradorligini tekshirish;
-agar kerak bo‘lsa, xavfsizlik devori (“tarmoqlararo ekranlash”) vositalarini qo‘llash;
-tajovuzlarni aniqlash, kriptografik va boshqa axborot xavfsizligi vositalari himoyalanganligini tahlil qilish;
-O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirish;
-ruxsatsiz kirish natijasida o‘zgartirilgan yoki yo‘q qilingan shaxsiy ma’lumotlarni qayta tiklash;
-shaxsga doir ma’lumotlar tizimida qayta ishlangan shaxsga doir ma’lumotlarga kirish qoidalarini ishlab chiqish, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlar tizimida shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshirilgan barcha harakatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishni ta’minlash;
-shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashga xodimlarning qat’iy belgilangan doirasi uchun ruxsat etiladi;
-Operatorning shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bevosita shug‘ullanadigan xodimlarini “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun va unga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur Siyosat va ichki me’yoriy-hujjatlar bilan tanishtirish;
-Shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish faktlarini aniqlash va aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
-shaxsiy ma’lumotlar qayta ishlanadigan binolarga begona shaxslarning nazoratsiz kirishi yoki bo‘lishi ehtimolini bartaraf etish.
8.6. Mazkur Siyosat “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, qonun talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar fuqarolik, ma’muriy, intizomiy va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa javobgarlikka tortiladilar.
